logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 15:35
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Eron terma jamoasi o'yinchilari JCH-2026da ishtirok etish uchun haligacha AQSH vizasini olmadi

 15 MAY, 2026, 10:16

Eron futboli federaciyasi prezidenti Mexdi Tadj terma jamoa o'yinchilari haligacha AQSH vizasini olmaganidan xavotirda.

RMC Sport xabar berishicha, hozirgacha Eron milliy jamoasining birorta ham o'yinchisiga amerika vizasi berilmagan. Turnir esa kelasi oy boshlanadi.

"Ertaga yoki indin bizda FIFA bilan hal qiluvchi uchrashuv bo'ladi. Ular bizga kafolatlar berishi kerak, chunki viza masalasi hali ham hal bo'lmagan", — dedi Tadj.

18 may kuni Eron terma jamoasi o'yinchilari viza jarayoni doirasida Anqarada (Turkiya) barmoq izlarini topshiradi.

Aprel oyida FIFA prezidenti Janni Infantino eronlik jamoa turnirda ishtirok etishini tasdiqlagan edi.

2026 yilgi jahon chempionati AQSH, Kanada va Meksikada 11 iyunda boshlanadi. Eron terma jamoasi G guruhiga tushib, Yangi Zelandiya, Belgiya va Misr bilan o'ynaydi. Barcha o'yinlar AQSHda o'tkaziladi.



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ