Ramazon Temirov: "Men u bilan jang qilmayman, raqibim kuchli 15 talikdan" (VIDEO)
15 MAY, 2026, 09:32
O'zbekistonlik UFC jangchisi Ramazon Temirov navbatdagi jangi bo'yicha tarqalgan xabarlarga munosabat bildirdi.Kecha sportchining 25 iyul kuni Abu-Dabida o'tkaziladigan UFC Fight Night turniri doirasida amerikalik Olden "Kobra" Koria bilan jang qilishi haqida xabarlar tarqalgandi.
"Internetda tarqalayotgan xabarlarni ko'rdim. Xudo xohlasa, 25 iyul kuni Abu-Dabida jang qilamiz. Lekin raqibim u yigit emas. Bunday xabarlarga ishonmaslik kerak. Raqibim aniq. Kuchli 15 talikdan. Juda kuchli raqib berishdi. SHartnoma jo'natishini kutyapmiz. SHartnoma kelishi bilan elon qilamiz. Hammaga rahmat", deb aytib o'tgan Temirov.
Manba: olamsport.com
