logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 13:03
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Real» - «Ovedo» o'yinida «Florentino aybdor» degan banner olib qo'yildi (video)

 15 MAY, 2026, 06:34

Madriddagi «Santyago Bernabeu» stadionida «Real» — «Ovedo» uchrashuvi vaqtida xavfsizlik xodimlari muxlislardan birining bannerini olib qo'ydi.

Bannerda “Florentino aybdor” degan yozuv bo'lgan. Hodisa Ispaniya chempionatining 36-tur uchrashuvi davomida sodir bo'ldi.

Ma'lumotlarga ko'ra, «Real» prezidenti Florentino Peres ham uchrashuvni tribunadan kuzatgan. Avvalroq OAVda klub rahbari ayrim muxlislar bilan tortishib qolgani haqida xabarlar tarqalgandi.

Uchrashuv boshlanishidan oldin «qaymoqranglilar» muxlislari jamoa futbolchilarini, jumladan Kilian Mbappeni hushtakbozlik bilan qarshi olgani ham qayd etildi.

Eslatib o'tamiz, o'tgan turda «Real» «Barselona»ga 0:2 hisobida mag'lub bo'ldi va shu natijadan keyin kataloniyaliklar chempionlikni rasman ta'minlagan edi.

Ispaniya — La Liga, 36-tur
14 may 2026 yil. Madrid. «Santyago Bernabeu» stadioni.
«Real» — «Ovedo» 2:0
Gollar: Gonsalo Garsiya 44, Bellingem 80.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ