logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 08:24
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

La liga. «Real» «Ovedo»ni mag'lub etdi, Mbappe zaxiradan tushib assist qayd etdi (videosharh)

 15 MAY, 2026, 05:34

Ispaniya La Ligasi 2025/2026 mavsumi 36-turidan o'rin olgan «Real» — «Ovedo» uchrashuvi yakunlandi. Madriddagi «Santyago Bernabeu» stadionida bo'lib o'tgan bahs mezbonlarning 2:0 hisobidagi g'alabasi bilan tugadi.

Birinchi bo'lim oxirida «qaymoqranglilar» hujumchisi Gonsalo Garsiya hisobni ochdi. 69-daqiqada Kilian Mbappe maydonga tushirildi. 80-daqiqada esa Jud Bellingem Mbappening golli uzatmasidan so'ng jamoasining ikkinchi golini urdi.

Ushbu g'alabadan keyin «Real» 36 ta uchrashuvdan so'ng 80 ochko bilan Ispaniya chempionatida ikkinchi o'rinda bormoqda. «Ovedo» esa 29 ochko bilan so'nggi — 20-pog'onada joylashgan va muddatidan avval Primerani tark etdi.

Ispaniya — La Liga, 36-tur
14 may 2026 yil. Madrid. «Santyago Bernabeu» stadioni.
«Real» — «Ovedo» 2:0
Gollar: Gonsalo Garsiya 44, Bellingem 80.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ