logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 01:28
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Новостная лента

"Astana Gran-prisi". Uljon Amrieva hisobida oltin! Terma jamoamiz musobaqani beshta medal bilan yakunladi

 14 MAY, 2026, 10:16

Qozog'istonning Astana shahri mezbonlik qilgan para dzyudo bo'yicha "2026 IBSA Grand Prix Astana" xalqaro turniri o'z nihoyasiga etdi.

Turnirda dunyoning 24 ta mamlakatidan kelgan 140 nafar atletlar o'zaro bahs olib borishdi.

Gran-prining ikkinchi kungi bellashuvlarida vakillarimiz 1 ta oltin va 2 ta bronza medallariga ega chiqdi. Uljon Amrieva o'z vazn toifasidagi barcha raqiblaridan ustun kelgan bo'lsa, Feruza Ergasheva hamda Mohinur Parmonova hisobimizga bronza medallarini taqdim etdi.

Ayollar (J1 klassi, 60 kg):

1. Uljon Amrieva (O'zbekiston)

2. Karolin Duarte (Braziliya)

3. Larissa Silva (Braziliya)

3. Merve Uslu Xejebipur (Turkiya).


Ayollar (J1 klassi, +70 kg):

1. Erika Zoaga (Braziliya)

2. Milena de Freytas (Braziliya)

3. Feruza Ergasheva (O'zbekiston)

3. Aktolkin Seilbekova (Qozog'iston).


Ayollar (J2 klassi, +70 kg):

1. Rebeka Silva (Braziliya)

2. Zarina Raifova (Qozog'iston)

3. Mohinur Parmonova (O'zbekiston)

3. Meg Emmerich (Braziliya).


SHu tariqa, vakillarimiz "Astana Gran-prisi"ni 2 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza, jami 5 ta medal bilan umumjamoa hisobida to'rtinchi o'rinda yakunlashdi.


Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ