CHempionlik uchun kurash davom etadi: "Man Siti" "Kristal Pelas"ni yirik hisobda mag'lub etdi + VIDEO
14 MAY, 2026, 09:16
Angliya Premer-ligasining 2025/2026 yilgi mavsumi 31-turidan o'rin olgan qoldirilgan uchrashuv o'tkazildi.Uchrashuvda "shaharliklar" yirik 3:0 hisobidagi g'alabani tantana qilishdi. Antuan Semeno, Omar Marmush va Savio kiritilgan gollarga mualliflik qilishdi. Abduqodir Husanov o'yinda to'liq harakat qildi.
“Manchester Siti” — “Kristal Pelas” 3:0
Gollar: 32 - Antuan Semeno, 40 - Omar Marmush, 84 - Savio
“Manchester Siti”: 25. Janluiji Donnarumma, 27. Mateush Nunesh (6. Natan Ake, 58’), 15. Mark Gexi, 45. Abduqodir Husanov, 24. Yoshko Gvardiol (11. Jeremi Doku, 58’), 21. Rayan Ait-Nuri, 42. Antuan Semeno, 20. Bernardu Silva (8. Mateo Kovachich, 79’), 26. Savio, 47. Fil Foden (5. Jon Stounz, 82’), 7. Omar Marmush (10. Rayan SHerki, 79’).
“Kristal Pelas”: 1. Din Xenderson, 26. Kris Richards, 5. Maksans Lakrua, 23. Jeydi Kanvo, 11. Brennan Jonson (18. Daiti Kamada, 75’), 2. Daniel Munos (17. Nataniel Klayn, 82’), 8. Xefferson Lerma, 19. Uill Xyuz (20. Adam Uorton, 60’), 3. Tayrik Mitchell, 10. Yeremi Pino (7. Ismaila Sarr, 60’), 14. Jan-Filipp Mateta (22. Yyorgen Strann Larsen, 60’).
Ogohlantirishlar: 52 - Tayrik Mitchell, 81 - Daiti Kamada
Manba: olamsport.com
