logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 02:00
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Новостная лента

Bugun Sindarov ishtirokidagi Grand Chess Tour: Super Chess Classic Romania 2026 start oladi

 14 MAY, 2026, 07:32

14-23 may kunlari Ruminiya poytaxti Buxarest shahrida mukofot jamg'armasi 475 000 AQSH dollarini tashkil etuvchi nufuzli turnir boshlanadi.

Musobaqada yuqori reytingga ega o'n nafar grossmeyster bosh sovrin hamda katta mukofot pullari uchun bahs olib boradi. Ular orasida "Nomzodlar turniri" g'olibi Javohir Sindarov ham bor. Bugun hamyurtimiz 1-turda qora donalarda ruminiyalik Bogdan-Daniel Dikka qarshi bahs olib boradi. 

Turnir 9 raunddan iborat bo'lib, aylanma (round-robin) tizimda o'tkaziladi. Vaqt nazorati klassik usulda 90 daqiqa (40 yurish uchun)ni tashkil etadi va har bir yurishga 30 soniyadan qo'shib beriladi. 


Grand Chess Tour: Super Chess Classic Romania 2026. 1-tur juftliklari

Yorden van Forest (Niderlandiya) — Fabiano Karuana (AQSH)

Uesli So (AQSH) — Vinsent Keymer (Germaniya)

Bogdan-Daniel Dik (Ruminiya) — Javohir Sindarov (O'zbekiston)

Rameshbabu Praggnanandha (Hindiston) — Alireza Firuzdja (Franciya)

Maksim Vashe-Lagrav (Franciya) — Anish Giri (Niderlandiya)



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ