logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 08:22
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Liga 1. «PSJ» asosiy raqibini mag'lub etib, Frantsiya chempionligini qo'lga kiritdi (videosharh)

 14 MAY, 2026, 06:00

Frantsiya chempionati 2025/2026 mavsumining qoldirilgan 29-tur uchrashuvida «Lans» o'z maydonida «PSJ»ni qabul qildi. «Bollar-Delelis» stadionida bo'lib o'tgan bahsda parijliklar 2:0 hisobida g'alaba qozondi.

Hisob 29-daqiqada Xvicha Kvaratsxeliya tomonidan ochildi. 90+3-daqiqada Ibragim Mbaye mehmonlarning ustunligini mustahkamladi.

Ushbu g'alabadan keyin «PSJ» 76 ochko bilan Frantsiya chempionligini muddatidan avval rasman qo'lga kiritdi. «Lans» esa 67 ochko bilan mavsumni ikkinchi o'rinda yakunlaydigan bo'ldi. Chempionat tugashiga yana bir tur qolgan.

Joriy mavsumda jamoalar 4-tur doirasida ham o'zaro to'qnash kelgan bo'lib, o'shanda ham «PSJ» 2:0 hisobida zafar quchgan edi.

Keyingi turda «PSJ» «Parij»ga qarshi maydonga tushadi, «Lans» esa «Lion» bilan bahs olib boradi. Liga 1ning 34-tur uchrashuvlari 17 may kuni bo'lib o'tadi.

Frantsiya — Liga 1, 29-tur
13 may 2026 yil. Lans. «Bollar-Delelis» stadioni.
«Lans» — «PSJ» 0:2
Gollar: Kvaratsxeliya 29, Mbaye 90+3.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ