Osiyo chempionatiga eng ko'p yo'llanma qaysi terma jamoa bokschilariga nasib etdi?
13 MAY, 2026, 10:32
Boks bo'yicha o'smirlar o'rtasidagi Osiyo chempionatining yarim final bahslari yakuniga etdi va barcha finalchilar nomi malum bo'ldi.Final bosqichiga eng ko'p – 16 nafar bokschi (6 ta qiz, 10 ta o'g'il) bilan O'zbekiston terma jamoasi etib keldi. Ikkinchi o'rinni Qozog'iston 11 nafar bokschi (5 ta qiz, 6 ta o'g'il) bilan egallagan bo'lsa, Hindiston terma jamoasi 9 nafar (8 ta qiz, 1 ta o'g'il) charm qo'lqop ustalari bilan kuchli uchlikdan joy oldi.
Quyida qaysi davlatdan necha nafar bokschi finalda ishtirok etishini bilib olishingiz mumkin.
O'zbekiston — 16
Qozog'iston — 11
Hindiston — 9
Xitoy - 4
Eron — 3
Yaponiya - 2
Tojikiston - 2
Vetnam - 1
Turkmaniston - 1
Mo'g'iliston - 1
Bahrayn - 1
Iordaniya - 1.
Manba: olamsport.com
