Kutganmidingiz? Fazliddin G'oibnazarov Elmurod Haqnazarov bilan jang qiladi
13 MAY, 2026, 09:00
So'z ustasi, shoumen sifatida tanilgan Haqnazarov MMAda ikkita jang o'tkazib, har ikkisida g'alaba qozongandi.Malum bo'lishicha, boks bo'yicha Rio-2016 yozgi Olimpiadasi g'olibi Fazliddin G'oibnazarov 30 may kuni Namangan shahridagi "Pahlavon" sport majmuasida sport kurashlari bo'yicha "O'zbek botirlari" Gran-prisi doirasida shou-biznes vakili, so'nggi paytlarda MMA bo'yicha janglar o'tkazib kelayotgan Elmurod Haqnazarovga qarshi bahs olib boradi.
Jang erkin kurash qoidalari asosida kechadi.

Manba: olamsport.com
