Mangu 3 turnirining qiziqarli janglaridan biri elon qilindi + POSTER
11 MAY, 2026, 16:48
Tajribali aralash yakkakurash ustamiz Avliyoxon Hamidov Samarqandda o'tkazilishi belgilangan Mangu 3 turnirida oktagonga chiqadi.Avliyoxon Hamidov (13-7-1) ozarbayjonlik tajribali Elnar Ibragimov (18-9) bilan to'qnash keladi. Liga ushbu jangni rasman elon qildi. Hamidov hisobida 13 g'alaba, 7 mag'lubiyat va 1 ta durang bor. Ibragimov esa professional MMAdagi faoliyati davomida 18 g'alaba va 9 mag'lubiyat qayd etgan.
Aslida Avliyoxon Mangu 1 turniri doirasida boshqa bir ozarbayjonlik sportchi Mirmexti Mirievga qarshi oktagonga chiqishi kerak edi. Biroq o'shanda Hamidovning sog'lig'idagi muammolar tufayli jang bekor qilingandi.

Manba: olamsport.com
