logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 02:59
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Новостная лента

O'zbek bokschisi Dana Uaytga tegishli Zuffa Boxing`da debyut qildi

 11 MAY, 2026, 10:48

CHarm qo'lqop ustamiz Rahmatullo Boymatov bugun tongda AQSHning Las-Vegas shahrida Dana Uaytga tegishli Zuffa Boxing promouterlik kompaniyasining oltinchi turnirida ringga ko'tarildi.

Biz uchun ahamiyatlisi, oqshom doirasida o'zbekistonlik charm qo'lqop ustasi Rahmatullo Boymatov o'zi uchun prof boksdagi debyut jangida amerikalik Kaleb Xollga qarshi ringga chiqdi. Jangning birinchi raundidayoq Boymatov raqibini texnik nokaut evaziga mag'lubiyatga uchratdi. Referi sanog'idan so'ng jang to'xtatildi. 

SHu tariqa, Rahmatullo Boymatov nufuzli promoushendagi ilk jangidayoq katta g'alabaga erishdi. Kaleb Xoll esa faoliyatidagi 10-jangini o'tkazib, uchinchi mag'lubiyatini qabul qilib oldi. Hisobida 6 g'alaba va 1 ta durang ham bor. Jang yarim og'ir vazn (79,38 kg) toifasida 6 raund etib belgilangan edi. 



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ