logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 12:52
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Dana Uayt Oq uydagi turnir ishtirokchilari uchun oshirilgan bonuslarni elon qildi

 11 MAY, 2026, 09:32

14 iyun kuni Vashingtondagi Amerika Prezidentlari qarorgohi hududida o'tkaziladigan UFC Freedom 250 turniri ishtirokchilari oqshomning eng yaxshi chiqishi va eng yaxshi jangi uchun oshirilgan bonuslarga ega bo'ladi.

Matbuot anjumanida UFC rahbari Dana Uaytning malum qilishicha, oqshomning eng yaxshi chiqishi uchun bonus miqdori 200 ming dollarni tashkil etadi. Uni, odatdagidek, ikki jangchi oladi. Kechaning eng yaxshi jangining ikkala ishtirokchisi ham 300 ming dollar miqdorida bonus oladi.

Eslatib o'tamiz, hozirda eng yaxshi jang va eng yaxshi chiqish uchun bonuslarning standart miqdori 100 ming dollarni tashkil etadi.



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ