logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 03:00
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Новостная лента

Bunaqasi bo'lmagan! O'zbekiston startdagi g'alabadayoq Jahon chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritdi

 11 MAY, 2026, 09:16

O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi Saudiya Arabistonida start olgan U-17 Osiyo Kubogi guruh bosqichining 1-turida Hindistonni yirik hisobda mag'lubiyatga uchratdi.

Amaldagi Osiyo chempioni hisoblangan U17 terma jamoamiz kutilganidek guruhning ilk o'yinida yirik 3:0 hisobida g'alaba qozondi va chorak final bilan birga U17 Jahon chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritdi. 

Terma jamoamiz joy olgan guruhda uchta jamoa borligi sabab, Avstraliya va O'zbekiston terma jamoalari muddatidan avval mundial chiptasiga ega chiqishdi. O'zaro uchrashuvda bu ikki terma jamoa guruh g'olibini aniqlab olishadi. 

U-17 Osiyo Kubogi. Guruh bosqichi.

Hindiston - O'zbekiston 0:3 

Saudiya Arabistoni. Jidda. “Qirol Abdulloh sports siti” stadioni

Bosh hakam: Abdulloh Al SHehri (Saudiya Arabistoni)

Gollar: Laziz Abduraimov 31, Denni Singx (avtogol) 60, Ahrorbek Ravshanbekov 78

O'zbekiston: 1. Olimjon SHomurodov, 4. Muhammad Hakimov, 7. Amirxon Erkinov, 8. Islom Ravshanov, 11. Suhrob Sadirjonov, 13. Mirjamol Anvarov, 14. Muhammadodilxon Orifxonov, 16. Adis Abdunabiev, 20. Laziz Abduraimov, 22. Abubakir Rahimov, 6.Muhammad Mamatov

Zaxira: 2. Mashhurbek Abdisoliev, 3. Muhammadaziz Ro'ziboev, 5. Elsevarbek Olimov, 10. Mirkomilbek Murodov, 12. Mehrojbek Sirojiddinov, 15. Nurmuhammad O'ktamov, 17. Jahongirmirzo O'ktamboev, 18. Farruh Xayitmurodov, 19. Ahrorbek Ravshanbekov, 21. Abdulboriy Zoidjonov, 23. Rustam Aliev.



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ