logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 09:34
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Neymarning goli «Santos»ga «Red Bull Bragantino» ustidan g'alaba keltirdi (videosharh)

 11 MAY, 2026, 08:34

Braziliya chempionatining 15-turidan o'rin olgan «Santos» — «Red Bull Bragantino» uchrashuvi yakunlandi. Bellashuv mezbonlarning 2:0 hisobidagi g'alabasi bilan tugadi.

G'olib jamoa safida Neymar va Adonis Frias gol muallifi bo'lishdi.

Shu tariqa, «Santos» Braziliya chempionatidagi 3 o'yindan iborat g'alabasiz seriyasiga chek qo'ydi. «Red Bull Bragantino» esa so'nggi uch o'yindagi ikkinchi mag'lubiyatini qabul qildi.

Ayni paytda «Santos» Braziliya chempionati jadvalida 14-o'rinni egallab turibdi. «Red Bull Bragantino» esa ettinchi pog'onadan joy olgan.

Keyingi turda «Santos» «Koritiba» bilan, «Red Bull Bragantino» esa «Vitoriya»ga qarshi maydonga tushadi. Ushbu uchrashuvlar mos ravishda 17 va 18 may kunlari bo'lib o'tadi.

Braziliya — A seriya. 15-tur
2026 yil 11 may, dushanba.
«Santos» — «Red Bull Bragantino» 2:0
Gollar: Neymar 45+5, Adonis Frias 76.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ