O'zbekiston va Rossiya dzyudo federaciyalari strategik hamkorlikni kengaytirmoqda
10 MAY, 2026, 19:16
Qazaqstan Barysy Grand Slam 2026 turniri doirasida O'zbekiston dzyudo federaciyasi raisi Azizjon Kamilov Rossiya dzyudo federaciyasi prezidenti Sergey Soloveychik bilan uchrashuv o'tkazdi.Muzokaralar bugungi kunda jahon dzyudosida muhim o'rin egallab, yirik xalqaro musobaqalarda salmoqli natijalar ko'rsatgan holda milliy maktablarni izchil rivojlantirib kelayotgan O'zbekiston va Rossiya federaciyalarining yuksak obro'-etiborini tasdiqladi.
Erishilgan yutuqlarni mustahkamlash, professional hamkorlikni kengaytirish va dzyudoni yangi bosqichga olib chiqishga intilish hamkorlik memorandumini imzolashga asos bo'ldi.
Bitim qo'shma o'quv-mashg'ulot yig'inlarini o'tkazish, mutaxassislar o'rtasida tajriba almashish, talim loyihalarini amalga oshirish, sport tibbiyotini rivojlantirish, shuningdek, dzyudoni ommalashtirish hamda istiqbolli sportchilarni terma jamoaga etkazib berishda muhim rol o'ynaydigan klub tizimi harakatini qo'llab-quvvatlashni nazarda tutadi.





Manba: olamsport.com
