logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 03:01
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Новостная лента

Mariya Timofeeva Istanbul Open chempioni!

 10 MAY, 2026, 18:00

O'zbekistonning uchinchi raketkasi Mariya Timofeeva hozirgina Turkiyaning Istanbul shahrida yakuniga etgan WTA 125 toifasiga kiruvchi turnir bosh sovrinini qo'lga kiritdi.

Vakilamiz hal qiluvchi final uchrashuvida dunyoning sobiq 17-raketkasi xorvatiyalik Donna Vekichga qarshi kortga chiqdi. To'qson ikki daqiqa davom etgan bahsda Mariya turnirda birinchi raqam ostida tasniflangan nomdor raqibasini ortiqcha qiyinchiliksiz mag'lubiyatga uchrata oldi - 6:4, 6:2. 

Taqqoslash uchun, Mariya Timofeeva ayni paytda WTA reytingida 136, 29 yoshli Donna Vekich esa 89-o'rinni egallab turibdi. Hamyurtimiz Istanbul turnirida oltinchi raqam ostida tasniflangan edi. Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ilk uchrashuvi bo'ldi. Timofeeva bitta eys zarbasini amalga oshirib, bitta qo'shxatoga yo'l qo'ydi. Donnada qo'shxatolar 3 tani tashkil qildi, u eys zarbasini ijro eta olmadi.



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ