logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 02:57
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Новостная лента

Muzaffarbek To'raboev bosh sovrin - avtomobil sohibi! (FOTOREPORTAJ)

 10 MAY, 2026, 15:00

Surxondaryo viloyatining Jarqo'rg'on tumanida mehnat faxriysi To'xta bobo Qodirov xotirasiga bag'ishlangan xalqaro turnir bo'lib o'tdi.

Musobaqada yurtimizning nomdor polvonlaridan tashqari Rossiya, Ozarbayjon va qo'shni Markaziy Osiyo davlatlaridan kelgan dzyudochilar 4 ta vazn toifasida g'oliblik yo'lida tatamiga chiqishdi. 

Eng og'ir vazn toifasidagi bellashuvlar 3000 dan ziyod tomoshabinlar tomonidan katta qiziqish bilan qarshi olindi. Bunga tashkilotchi Bahodir Qodirov tomonidan bosh sovrin uchun "Kobalt" avtomobilining qo'yilgani va albatta, Olimpiya o'yinlari sovrindorlari Alisher Yusupov, Muzaffarbek To'raboev singari taniqli dzyudochilar tarkibining jam bo'lgani sabab bo'ldi. 

Murosasiz kechgan va 10 daqiqadan oshiqroq davom etgan boysunlik dzyudochilar o'rtasidagi final bellushuvida Muzaffarbek To'raboev yosh Muhammadali Tangrievni mag'lubiyatga uchratib, bosh sovrin egasiga aylandi. Muzaffarbek avtomobil kalitini otasiga topshirdi.  


Barcha g'olib va sovrindorlar:

-66 kg vazn toifasi

1. Bahrom Asadov (Buxoro)

2. Dilshodbek Baratov (Surxondaryo)

3. Ruslan Bo'riev (Surxondaryo)

3. Asadbek Misirov (Surxondaryo)


-73 kg vazn toifasi

1. Muhammadyahyo Muhammadjonov (Toshkent shahri)

2. Ahmadzoda Masudi (Tojikiston)

3. Dilshodbek Hamroev (Buxoro)

3. Abdulbosit Abdusalomov (Toshkent shahri)


-90 kg vazn toifasi

1. Alisher Samanov (Samarqand)

2. Oybek Amanturdiev (Surxondaryo)

3. Arslonbek Qodirov (Surxondaryo)

3. SHerbek Rashidov (Qashqadaryo)


+90 kg vazn toifasi

1. Muzaffarbek To'raboev (Surxondaryo)

2. Muhammadali Tangriev (Toshkent viloyati)

3. Muhammadqodir Mansurov (Toshkent viloyati)

3. Zufarbek O'rolov (Samarqand)

















Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ