logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 20:22
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

UFC 328 bonuslari kimlarga nasib etdi? Bu safar jangchilar asosiy bonusdan tashqari qo'shimcha "soqqa" ham ishlab olishdi

 10 MAY, 2026, 12:32

Bugun AQSHning Nyuark shahridagi "Prudential Center" arenasida raqamlangan UFC 328 turniri bo'lib o'tdi.

Oqshomning markaziy jangida amerikalik SHon Striklend BAA vakili Xamzat CHimaevni ochkolar hisobiga ko'ra mag'lub etib, faoliyatida yana bir bor o'rta vazn chempioniga aylandi.

Ikkinchi asosiy bahsda esa myanmalik o'ta engil vazn chempioni Joshua Van o'z kamarini yaponiyalik Tatsuro Tayradan himoya qildi. Van ilk himoya jangida raqibini beshinchi raundda texnik nokautga uchratdi. 

Tashkilotchilar turnir mukofot pullari kimlarga ajratilganini ochiqlashdi:

"Kechaning eng yaxshi chiqishi" bonusi – Yaroslav Amosov va Jim Miller

"Kechaning eng yaxshi jangi" bonusi – Joshua Van vs Tatsuro Tayra

Bundan tashqari, oqshom doirasida asosiy bonusni qo'lga kiritmagan, biroq turnirda muddatidan avval g'alaba qozonib, vazn o'lchash marosimidan muvaffaqiyatli o'tgan jangchilar - Ateba Gaute, Grant Douson, Jim Miller, Baysangur Susurkaev qo'shimcha 25 ming AQSH dollari miqdorida mukofot pullariga ega bo'lishi ham malum qilindi.


Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ