logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 09:36
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

A Seriya. «Yuventus» mehmonda «Lechche»ni mag'lub etib, kuchli uchlikka qaytdi (Videosharh)

 10 MAY, 2026, 05:00

Italiya A Seriyasining 36-turi doirasida «Yuventus» safarda «Lechche» mehmoni bo'ldi va kichik hisobdagi g'alabani qo'lga kiritdi.

Uchrashuv taqdirini 1-daqiqadayoq Dushan Vlaxovich tomonidan kiritilgan yagona gol hal qildi. O'yinning ikkinchi bo'limida Vlaxovich va Per Kalyulyu tomonidan kiritilgan yana ikkita to'p ofsayd sababli bekor qilindi.

Ushbu g'alabadan so'ng turinliklar ochkolari sonini 68 taga etkazib, turnir jadvalida uchinchi o'ringa ko'tarilib oldi. «Yuventus» ayni damda bitta kam o'yin o'tkazgan «Milan»ni bir ochkoga ortda qoldirmoqda.

Mag'lubiyatga uchragan «Lechche» esa 32 ochko bilan musobaqa jadvalining 17-pog'onasida bormoqda.

«LEChChE» — «YuVENTUS» — 0:1
Gol: Dushan Vlaxovich 1 (0:1).
«Lechche»: Falkone, Zibert, Tiagu Gabriel, Gallo, Veyga (Xelgason, 70), Ramadani, Ngom (Jan, 62), Kulibali, Banda (N`Dri, 76), Perotti, Cheddira (Kamarda, 75).
«Yuventus»: Di Gregorio, Bremer, Kelli, Kambyaso (Jegrova, 83), Kalyulyu, Lokatelli, Kopmeyners, Makkenni (Gatti, 86), Kenan Yildiz (Boga, 83), Konseysau (Devid, 83), Vlaxovich (Xolm, 77).
Ogohlantirishlar: Jan (82) — Konseysau (80).

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ