logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 02:31
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Новостная лента

"Islam Maxachev UFC iltimosiga binoan engil vazn divizionini tark etdi" - Nurmagomedov

 16 IYUN, 2025, 20:16

UFC vice-prezidenti Xanter Kempbell shaxsan Dog'istonga borib, Islam Maxachevni engil vazn chempionilik kamarini bo'shatish va yarim o'rta vaznga o'tishga ko'ndirgan.

Bu haqda Umar Nurmagomedov Adam Zubayraevga intervyusida malum qildi.

"U Islam oldiga keldi. U o'z ishining ustasi. U Xabib va Konor jangiga ham masul bo'lgan. Menimcha, u katta muxlis va katta janglar tashkil qilishni xohlaydi. U keldi va men bilmayman, buni aytish mumkinmi-yo'qmi, lekin ular Islamni yuqori vaznga o'tkazishni xohlashgan. Ular Topuriyani engil vaznda chempion qilishni xohlashgan. Bu Islam yuqorilashni istaganidan emas, balki ular Iliyani chempion sifatida ko'rishni xohlashganidan. Ular Topuriya janglarni yaxshi sota oladi deb hisoblashmoqda", - dedi rossiyalik jangchi.





Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ