logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 04:46
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Новостная лента

Otabek Umarov FIA Senati yig'ilishida qatnashdi

 9 MAY, 2026, 12:16

Xalqaro avtomobil federaciyasining (FIA) shtab-kvartirasi joylashgan Parij shahrida tashkilot Senatining yig'ilishi bo'lib o'tdi.

Unda O'zbekiston MOQ raisining birinchi o'rinbosari Otabek Umarov birinchi bor Senat azosi sifatida ishtirok etdi. Qayd etish joiz, Otabek Muhammadalievich mana shunday muhim boshqaruv organining tadbirida Markaziy Osiyo mintaqasidan qatnashgan dastlabki vakil bo'ldi. FIA Prezidenti Muhammad Ben Sulaem raisligida o'tgan tadbirda jahon avtosporti va mobillik yo'nalishlariga oid istiqbolli rejalar, yirik loyihalar ko'rib chiqildi. Qolaversa, tashkilotning uzoq muddatli strategiyasiga oid takliflar tinglandi.

Yig'ilish yakunida tashkilotning xalqaro maydondagi o'rnini yanada mustahkamlashga oid vazifalar belgilab olindi. 













Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ