Xamzat CHimaev keyingi jangini qachon o'tkazmoqchi ekanini aytdi
9 MAY, 2026, 10:16
UFC chempioni Xamzat CHimaev keyingi jangini oktyabr oyida o'tkazishga umid qilayotganini malum qildi."Hozir faqat SHon bilan jangga etibor qaratishga harakat qilyapman. U bilan jangdan keyin o'zimni qanday his qilishimni ko'ramiz. Umid qilamanki, oktyabrda Abu-Dabida jang qila olaman. Bu mening uyim, arena uyimdan atigi besh daqiqalik masofada joylashgan. Bu ajoyib bo'lardi", — dedi CHimaev UFC matbuot xizmatiga.
Manba: olamsport.com
