ACA 203. SHarif Kushaev iordaniyalik raqib bilan jang qildi
8 MAY, 2026, 19:16
"Humo arena"da aralash yakka kurash bo'yicha ACA 203 musobaqasi bo'lib o'tmoqda.Musobaqada hamyurtimiz, ATFC Ligasi sobiq chempioni SHarif Kushaev Iordaniya vakili Ali Alkaisiga qarshi oktagonga ko'tarildi.
Yarim engil vazn toifasidagi 3 raundlik jang to'liq davom etdi. Yakunda Kushaev hakamlarning yakdil qaroriga ko'ra g'olib deb topildi.
Bu SHarifning ACA Ligasidagi ilk jangi edi. U mazkur g'alabasi orqali rekordini 14-1 ko'rinishiga keltirib oldi. SHarif uchun bu ketma-ket oltinchi g'alabaga aylandi.

Manba: olamsport.com
