logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 20:24
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Xotambek Boynazarov UFC'da Xoakin Bakli bilan jang qilish haqida gapirdi

 8 MAY, 2026, 18:00

MMA bo'yicha BAAning UAE Warriors Ligasi chempioni, o'zbekistonlik Xotambek Boynazarov AQSH vakili, UFC jangchisi Xoakin Bakli bilan ehtimoliy bahs haqida fikr bildirdi.

"Bakli bilan jang qilish uchun UFC'da bir nechta jang o'tkazishim kerak bo'ladi, chunki u kuchli o'nlikda. Birinchi jangimdanoq uni raqib sifatida menga berishmaydi. Lekin hamma bilan jang qilsa bo'ladi, tayyorgarlik yaxshi bo'lsa bo'ldi. Baklini "kuchli" deyishadi, lekin Kamaru Usman uni yutganku? Kamaru Usmanni esa Xamzat mag'lub etgan. Nursulton Ro'ziboev bilan jangi haqida gapiradigan bo'lsam, Nursulton aka o'rta vaznda zo'r ketyapti. Menimcha, shu vaznda jang qilgani maqul. Bakli bilan yarim o'rta vaznga tushish uchun ko'p vazn tashlagan edi, bu esa baribir quvvatni ketkazadi. Tayyorgarlikka ham tasir qiladi. Qisqa vaqt ichida Xoakin Baklidek top jangchi bilan bellashish katta tavakkal edi", deydi Boynazarov.



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ