logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 03:23
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Новостная лента

Furqatbek Yoqubov - o'zbekistonlik MMA jangchilariga: "Raqib tanlashda ozgina uyalinglar!"

 8 MAY, 2026, 17:16

The Ultimate Fighter shousi ishtirokchisi, o'zbekistonlik taniqli aralash yakka kurash ustasi Furqatbek Yoqubov MMA jangchilariga murojaat yo'lladi.

"Raqib tanlashda sal uyalinglar, iltimos. Rostini aytsam, hozir men hammaga yomon ko'ringan jangchi bo'laman. Meni yomon ko'rsalaring ko'ringlar, lekin uyalinglar! Bu gaplarim kimgadir tegishli emas, shunchaki umumiy holat haqida gapiryapman. Juda ko'p zo'r jangchilar ko'rinmay qolyapti. Bu hatto kulgili holat bo'lib ketyapti. Bu erda masxaraboz oddiy bir jangchini urib, "uxlatib" qo'yadi. Odamlar ko'chadan ko'radi-da, "bu bola juda kuchli ekan-ku", deydi. CHunki u ko'chadan olib kelingan bo'ladi-da. Bechora haqiqiy jangchilar "it" kabi mehnat qiladi, lekin xalq tanimaydi. SHuning uchun iltimos, jangchilar, ozgina uyalinglar!", deydi Yoqubov.

Malumot uchun, Furqatbek professional faoliyatida hozirgacha 22 ta jang o'tkazib, 18 ta g'alaba va 4 ta mag'lubiyat qayd etgan.


Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ