Rasman: Arman Carukyan Topuriya - Getji jangi uchun zaxira varianti bo'ladi
8 MAY, 2026, 15:16
Arman Carukyan Oq uyda o'tkaziladigan turnirning markaziy to'qnashuvi - Iliya Topuriya - Jastin Getji jangi uchun zaxira varianti bo'ladi.Bu haqida Dana Uayt malum qildi.
"Armanning keyingi jangi haqida gapiradigan bo'lsak: u Oq uyda o'tkaziladigan Topuriya - Getji jangi uchun zaxira varianti bo'ladi. Agar jangchilarga nimadir bo'lsa, Arman oktagonga chiqadi.
Uning ijtimoiy tarmoqlarda qilayotgan ishlari yaxshi taassurot qoldirmoqda. Aynan shunday qilish kerak", - dedi Uayt.
Manba: olamsport.com
