logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 03:47
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Новостная лента

CHimaev SHon Striklendga qarshi jangda faoliyatidagi eng katta gonorarni oladi

 8 MAY, 2026, 12:16

SHon Striklend bilan adovatga qaramay, Xamzat CHimaev amerikalik tomonidan jangning avj olishi unga faoliyatidagi eng katta gonorarni taminlaganini tan oldi.

"U menga yoqadi. Unga qancha to'lashlarini bilmayman, lekin menga bu jang uchun juda yaxshi haq to'lashadi. Eng muhimi shu. Men hech qachon bunchalik ko'p pul topmaganman. Bu ajoyib, shunday emasmi?", - dedi "Borz" Nyuarkda jurnalistlar bilan bo'lgan suhbatda.

Tashkilot allaqachon matbuot anjumani va rasmiy vazn o'lchash marosimigacha o'rta vaznlilarni bir-biridan iloji boricha uzoqroq saqlash uchun misli ko'rilmagan choralarni amalga oshirdi.

"Menimcha, uni boshqa mehmonxonaga joylashtirishgan. Men bu yigitni topishga harakat qildim - garchi bu unchalik shaxsiy bo'lmasa-da, u juda ko'p gapiradi. Umuman olganda, qandaydir to'qnashuv bo'lishi mumkin deb o'ylamayman, chunki ular menga bu yigitni ko'rishga imkon berishmayapti", - deya qo'shimcha qildi Xamzat.

SHuningdek, CHimaev jangdan keyin hamma gina-kudratlarni esdan chiqarib, Striklendning qo'lini siqib qo'yishga tayyormi, degan savolga javob berdi.

"Jangdan keyin uning qo'lini siqamanmi, yo'qmi, nima farqi bor? Men uni do'pposlayman va ehtimol, boshqa hech qachon ko'rmasman. Men kaltaklagan qolgan 15 yigitni boshqa hech qachon ko'rmadim. Uning hayoti bilan ishim yo'q. U meni qiziqtirmaydi", - deya tushuntirdi o'rta vazn toifasidagi UFC chempioni.



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ