Ikki gimnastikachimiz Jahon kubogida ishtirok etadi
7 MAY, 2026, 10:32
7-10 may kunlari Bolgariyaning Varna shahrida sport gimnastikasi bo'yicha Jahon CHellenj kubogi bo'lib o'tadi.Unda Husniddin Abdusamatov murabbiyligidagi O'zbekiston terma jamoasining ikki vakili Axrorxon Temirxonov va Ravshan Komiljonov yurtimiz sport sharafini himoya qiladi. Ravshanbek Mirzaev esa nufuzli turnirda hakam sifatida ishlaydi.

Manba: olamsport.com
