logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 20:27
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Nursulton oktagonga chiqadigan UFC Boku turnirining asosiy jangi elon qilindi + POSTER

 6 MAY, 2026, 08:32

Xabaringiz bor, 27 iyun kuni Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida navbatdagi UFC turniri bo'lib o'tadi.

Promoushen matbuot xizmati tomonidan ushbu oqshomning asosiy jangi rasman elon qilindi. Ozarbayjonlik engil vazn toifasi vakili Rafael Fiziev main-event jangida meksikalik Manuel Torresga qarshi oktagonga ko'tariladigan bo'ldi. 

O'tgan yilning iyun oyida Rafael Fiziev Bokudagi UFC debyut turnirida Ignasio Baxamandes ustidan hakamlarning yakdil qarori bilan g'alaba qozonib, uchta mag'lubiyatli seriyasini yakunlagandi. SHu yilning yanvar oyida "Ataman" yana mag'lubiyatga uchradi. Bu safar u Sidneydagi UFC 325 turnirida Maurisio Ruffiga texnik nokaut bilan yutqazdi.

Manuel Torres esa, aksincha, 2024 yil sentyabr oyida tashkilotdagi ilk mag'lubiyatini Baxamandezdan texnik nokaut evaziga qabul qilib olgan va keyin Dryu Dober va Grant Dousonni texnik nokautga uchratgan edi. U ikki muddatidan oldin qozonilgan g'alaba bilan bu jangga kelmoqda. 

Ayni paytda Rafael Fiziev UFC engil vazn toifasi reytingida o'n birinchi o'rinni egallab turibdi. Manuel Torres esa so'nggi yangilanishda divizionning eng yaxshi Top-15 jangchilari ro'yxatidan chiqarildi.



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ