Kamshibek Konkabaev shu hafta prof boksda jang qiladi
5 MAY, 2026, 15:00
Qozog'istonlik bokschi Kamshibek Konkabaev (5-0, 4 KO) 9 may kuni CHernogoriyaning Nikshich shahrida navbatdagi jangini o'tkazadi.BoxRec malumotlariga ko'ra, uning raqibi venesuelalik 48 yoshli Yonni Molina (15-15-1, 9 KO) bo'ladi. Superog'ir vazndagi jang olti raundga mo'ljallangan.
Avvalroq Konkabaev 24 may kuni Angliyaning Bolton shahridagi boks oqshomida ishtirok etishni rejalashtirgan edi, ammo rejalar o'zgardi.
U oxirgi marta 2022 yil mart oyida Almatidagi prof boks oqshomida ringga chiqqan va o'shanda o'zbekistonlik Farrux Jo'raevni texnik nokaut bilan mag'lub etgan edi.
Manba: olamsport.com
