Qazaqstan Barysy Grand Slam 2026 turnirida ishtirok etadigan tarkibimiz tasdiqlandi
5 MAY, 2026, 12:16
8-10 may kunlari Qozog'istonning Ostona shahri "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi Xalqaro dzyudo federaciyasining navbatdagi musobaqasiga mezbonlik qiladi.Hozirgacha Qazaqstan Barysy Grand Slam 2026 turnirida 38 davlatning jami 308 nafar dzyudochisi tasdiqlagan. Ular orasida O'zbekiston terma jamoasi ham bor.
Murabbiylar shtabi tomonidan ushbu musobaqada qatnashadigan tarkibimiz tasdiqlandi. Unda asosan yoshlar hamda zaxira tarkibimizdagi dzyudochilar joy olgan. Terma jamoa murabbiylari bunday nufuzli musobaqada yaqin zaxirani sinab ko'rish, ularga xalqaro musobaqalar taftini his qilish imkoniyatini taqdim etishni lozim topgan.
Qazaqstan Barysy Grand Slam 2026 uchun tarkibimiz:
-48 kg: Sevinch Murodova
-48 kg: Fotima Tursunboeva
-52 kg: Umida Jumaniyazova
-63 kg: Sevinch Isoqova
+78 kg: Durdona Nizomiddinova
+78 kg: Fotima Kurambaeva
Erkaklar
-60 kg: Kamoliddin Baxtiyorov
-66 kg: Abdurahim Nutfulloev
-73 kg: Nizomiddin Toshpo'latov
-81 kg: Zulfiddin Usmonov
-90 kg: Ramazon Allaberganov
-100 kg: To'lqin Turdiev
comhttps://olamsport.com/uploa ... l.jpg class="fr-fil fr-dib">
Manba: olamsport.com

