logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 04:35
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Новостная лента

Daniel Korme Maxachevga raqibini almashtirishni taklif qildi

 4 MAY, 2026, 15:32

Ikki vaznda sobiq UFC chempioni Daniel Korme yarim o'rta vazn toifasidagi chempion Islam Maxachevning navbatdagi raqibi irlandiyalik Ian Garri bo'lishini istamayapti.

Kormening fikricha, Islam raqibi Garri emas, balki braziliyalik Karlos Prates bo'lishi kerak.

"Islam yaqinda o'zining o'quv-mashg'ulot yig'inini boshlaganini tasdiqladi, raqib Ian Garri bo'lishi mumkin. Ammo Prates bo'lsa, bu jangning o'tkazilishidan hech kim shikoyat qilmasa kerak. Sababini aytaman. Yaqinda biz Islam Jek Della Maddalenani qanday mag'lub etganini, uning ustidan hukmronlik qilib, chempionlik kamarini qo'lga kiritganini ko'rdik. SHunga qaramay, Islamning g'alabasi Karlos Pratesning g'alabasidek tasirli bo'lmadi. Bu haqiqatan ham tasirli va oson ko'rinardi. Bu haqiqiy telbalik edi va hamma narsa Della Maddalena Prates darajasiga mos kelmaydigan ko'rinardi. Bu to'liq sinfsizlanish edi", - dedi Korme o'zining YouTube kanalidagi videosida.



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ