logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:44
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Ronaldu Al Nassr"ning kutilmagan mag'lubiyatiga munosabat bildirdi

 4 MAY, 2026, 14:32

41 yoshli "Al Nassr" hujumchisi Krishtianu Ronaldu Saudiya Pro-ligasida "Al Qodisiya"ga 1:3 hisobida mag'lub bo'lganidan keyin emociyalarini baham ko'rdi.

Ronaldu bu o'yinda to'la 90 daqiqa o'ynadi, lekin samarali harakat qayd etmadi.

"Bizda bitta vazifa bor. Ishni davom ettiramiz. Birgamiz", — deb yozdi Ronaldu o'zining X ijtimoiy tarmog'idagi sahifasida.

SHu tariqa Krishtianu jamoasi mamlakat chempionatidagi 16 ta o'yinlik g'alabalar seriyasini to'xtatdi. "Al Nassr" Saudiya Arabistoni chempionati jadvalida 1-o'rinni saqlab turibdi. Jamoa 31 o'yinda 79 ochko to'plagan. 2-o'rindagi "Al Hilol"dan (bir o'yin zaxirada) 5 ochko o'tib ketgan. Ronaldu 2023 yildan beri "Al Nassr"da o'ynaydi. Joriy mavsumda 41 yoshli hujumchi barcha turnirlarda 33 o'yinda 27 ta gol urdi va 4 ta golli uzatma berdi.



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ