Uittaker keyingi jangini hamyurtimizning sobiq raqibiga qarshi o'tkazishi mumkin
4 MAY, 2026, 12:16
Jang 12 iyul kuni AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahri mezbonlik qiladigan UFC 329 turniri doirasida o'tkazilishiga yaqin."Vestnik MMA" nashri xabariga ko'ra, Nikita Krilov va Robert Uittaker o'rtasida yarim og'ir vazn toifasidagi jang tashkil etilish arafasida.
Krilov (31-11) oxirgi jangini yanvar oyida Modestas Bukauskasga qarshi o'tkazib, g'alaba qozongan. U o'tgan yil iyul oyida hamyurtimiz Bogdan Guskov bilan to'qnash kelib, birinchi raundda nokautga uchragan edi.
Uittaker (26-9) esa iyul oyida Rene de Ridderga yutqazgan edi.

Manba: olamsport.com
