logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 07:02
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Новостная лента

TePe Sigeman 2026. Magnus bilan durang o'ynagan Abdusattorov peshqadamigini saqlab qoldi, ammo

 4 MAY, 2026, 11:16

SHveciyaning Malmyo shahrida o'tkazilayotgan shaxmat bo'yicha nufuzli TePe Sigeman 2026 turnirida 3-tur partiyalari ortda qoldi.

Musobaqada sakkiz grossmeyster bosh sovrin uchun bahs olib bormoqda. Ular orasida Nodirbek Abdusattorov hamda jahon reytingi etakchisi norvegiyalik Magnus Karlsen ham bor. Musobaqaning 3-turida Abdusattorov qora donalarda aynan Magnus Karlsen bilan hisob-kitob qildi. Mos ravishda 98,8 va 98,7 foiz ko'rinishida aniqlik bilan harakat qilgan grossmeysterlar yakunda murosaga kelishdi. 


comhttps://olamsport.com/uploa ... l.jpg class="fr-fil fr-dib">

Ushbu durangdan keyin Nodirbek Abdusattorov 2 ochko bilan qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra peshqadamligini saqlab qoldi. Ammo uning taqibchilari 3-turdan so'ng shaxmatchimizga etib oldi. Besh nafar ishtirokchi hisobida 2 ochko bor. Hindistonlik Arjun Eragisi mezbonlar vakili Nils Grandeliusni, turkiyalik yosh iqtidor egasi Yagiz Kaan Erdogmush yagona ayol ishtirokchi xitoylik grossmeyster CHju Czinerni mag'lubiyatga uchratdi. 


comhttps://olamsport.com/uploa ... l.jpg class="fr-fil fr-dib">

Uchinchi turdan so'ng Nodirbek Abdusattorov qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra hamon peshqadam bo'lib turibdi. Kechagi g'alabasi evaziga Arjun Eragisi ham ochkolarini 2 taga etkazib oldi. Bugun 4-turda Nodirbek aynan Arjunga qarshi oq donalarda o'ynaydi. Magnus Karlsen, Yagiz Kaan Erdogmush va Endi Vudvard hisobida ham 2 ochkodan bor.


comhttps://olamsport.com/uploa ... l.jpg class="fr-fil fr-dib">

To'rtinchi tur uchrashuvlari bugun bizning vaqt bilan soat 18:00`da boshlanadi. 



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ