logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 09:39
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

La liga. «Real» Vinisiusning dubli evaziga safarda «Espanol»ni mag'lub etdi (videosharh)

 4 MAY, 2026, 06:34

Ispaniya La Ligasi 2025/2026 mavsumining 34-turida «Espanol» va Madridning «Real» jamoalari o'rtasidagi uchrashuv yakuniga etdi. Barselonadagi «Kornelya-El Prat» stadionida bo'lib o'tgan bahs mehmonlar — «Real»ning 2:0 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi.

Uchrashuvda hisobni 55-daqiqada madridliklar hujumchisi Vinisius Junior ochdi. 66-daqiqada esa u yana bir bor raqib darvozasini ishg'ol etib, dubl muallifiga aylandi.

34-turdan so'ng «Espanol» 39 ochko bilan 13-o'rinda bormoqda. «Qirollik klubi» 77 ochko jamg'arib, ikkinchi pog'onada joylashgan. Turnir jadvalida 88 ochko bilan «Barselona» peshqadamlik qilmoqda.

Kelasi turda «Real» 10 may kuni «Spotifay Kamp Nou»da «Barselona»ga qarshi maydonga tushadi. «Espanol» esa 9 may kuni «Sevilya» bilan kuch sinashadi.

Ispaniya — La Ligasi, 34-tur
3 may 2026 yil, Barselona
«Espanol» — «Real» (Madrid) 0:2
Gollar: Vinisius Junior 55, 66.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ