logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 04:59
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Новостная лента

Magnus Karlsen: "Nodirbek hozirda dunyoning eng xavfli shaxmatchisi!"

 3 MAY, 2026, 18:00

Jahon reytingi etakchisi Magnus Karlsen Nils Grandelius ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

Intervyuda u nafaqat o'yin tahlili, balki o'zbek shaxmatchilari haqida ham to'xtalib o'tdi.

Kechagi bahsda Magnus kutilmaganda "Benoni" debyutini tanladi. Jurnalistning 2000 yildagi o'xshash partiya haqidagi savoliga Magnus qiziqarli xotira bilan javob berdi:

"Ha, o'sha o'yin esimda. Raqibim shveciyalik Peter Lund o'shanda nafaqada edi va taksichilik evaziga tirikchilik qilardi. Ota-onamning meni shaxmat klubiga olib borishga imkoni bo'lmagan paytlarda, Peter meni olib borib, qaytarib olib kelardi. U o'sha o'yinda yutuqli poziciyaga chiqib olgani uchun juda xursand bo'lganini eslayman".

Nodirbek Abdusattorovga qarshi bo'ladigan markaziy bahs haqida esa Magnus shunday dedi:

"Bu o'yinga g'alaba bilan etib kelganimdan xursandman. Nodirbek, shubhasiz, so'nggi oylarda dunyo shaxmatidagi eng xavfli o'yinchi bo'lib turibdi. Albatta, uning jamoadoshi Sindarov ham munosib raqobat ko'rsatmoqda. Abdusattorov bilan o'yin men uchun  juda og'ir sinov bo'ladi".

Eslatib o'tamiz, Magnus va Nodirbek o'rtasidagi uzoq kutilgan to'qnashuv bugun soat 18:00da boshlanadi.



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ