logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 04:59
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Новостная лента

Xamzat CHimaev: "Menda allaqachon kamar bor. Endi pul ortidan quvyapman"

 3 MAY, 2026, 14:32

UFC chempioni Xamzat CHimaev faoliyatidagi ustuvor yo'nalishlar qanday o'zgargani haqida gapirdi.

"Men hali ham ovchiman. Lekin endi kamar ortidan quvmayapman. Agar kamar uchun kurashganimda, allaqachon faoliyatimni yakunlagan bo'lardim. Menda allaqachon kamar bor. Endi pul uchun kurashayapman.

Kamar ahamiyatlimi? Yo'q, men uchun farqi yo'q. Menga zalda chempion bo'lish shart emas. Men har kuni mehnat qiladigan oddiy inson bo'lib qolishim kerak", — dedi CHimaev.

Eslatib o'tamiz, CHimaev 10 may tongida SHon Striklendga qarshi o'rta vazn chempionlik kamarini himoya qiladi. Ushbu to'qnashuv UFC 328 turnirining markaziy jangi bo'ladi.


Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ