logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 20:25
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Volkanovski UFC chempionlik kamarini qachon himoya qilishini aytdi

 3 MAY, 2026, 09:48

Yarim engil vazn toifasida amaldagi UFC chempioni Aleksandr Volkanovski kamar himoyasi haqida berilgan savolga javob qaytardi.

"Hali navbatdagi raqibim ism-sharifini bilmayman. Ammo shu yilning avgust yoki sentyabr oylarida yarim engil vazn toifasida UFC chempionlik kamarimni himoya qilishni rejalashtiryapman. Jang hali tayinlanmagan, lekin UFC`ga aynan avgust-sentyabr oylariga, taxminan shu muddatlarda qaytishga tayyor bo'lishimni aytdim. Umid qilamanki, tez orada jang tayinlanadi va siz hammasini bilib olasiz. Bizda ko'plab munosib yigitlar bor - Movsar Evloev, Aljameyn Sterling, Silva... UFC`da kimni menga qarshi qo'yishga qaror qilishsa, men tayyorman. Birinchi raqamli davogarlar bilan jang qilish chempion sifatida mening vazifam va buni hamma eslab qoladi. Men mana shunday chempion bo'lishni xohlayman", - dedi avstraliyalik chempion Pertdagi savol-javob sessiyasida.

Yarim engil vazn toifasidagi chempionlik jangi uchun eng ehtimoliy nomzod mag'lubiyatsiz rossiyalik Movsar Evloev bo'lib turibdi. U tashkilotda 10 ta g'alabadan iborat seriyada bormoqda hamda divizion reytingida birinchi o'rinni egallab turibdi.



Manba: olamsport.com

butsanet

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ