logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 05:24
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Новостная лента

TePe Sigeman 2026. Abdusattorov peshqadamigini saqlab qoldi. Bugun u Magnus Karlsenga qarshi o'ynaydi

 3 MAY, 2026, 09:32

SHveciyaning Malmyo shahrida o'tkazilayotgan shaxmat bo'yicha nufuzli TePe Sigeman 2026 turnirida 2-tur partiyalari ortda qoldi.

Musobaqada sakkiz grossmeyster bosh sovrin uchun bahs olib bormoqda. Ular orasida Nodirbek Abdusattorov hamda jahon reytingi etakchisi norvegiyalik Magnus Karlsen ham bor. Musobaqaning birinchi turida Abdusattorov qora donalarda o'ynaganiga qaramay, turnirning yagona ayol ishtirokchisi, xitoylik grossmeyster CHju Czinerni mag'lubiyatga uchratgandi. 

Afsuski, 2-turda Nodirbek Abdusattorov oq donalarda harakat qilganiga qaramay, amerikalik Endi Vudvard bilan durang o'ynadi. Vaholanki, Nodirbek juda katta ustunlikka ega bo'la turib, bundan foydalana olmadi. Magnus Karlsen esa hamyurtimizning ochko yo'qotishidan unumli foydalanib qoldi. U qora donalarda o'ynaganiga qaramay, shveciyalik Nils Grandeliusni taslim etdi. 


comhttps://olamsport.com/uploa ... l.jpg class="fr-fil fr-dib">

Ikkinchi turning qolgan partiyalarida durang natija qayd etildi. Ikkinchi turdan so'ng Nodirbek Abdusattorov qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra hamon peshqadam bo'lib turibdi. Ammo Endi Vudvard va Magnus Karlsen ham ochkolarini 1,5 taga etkazib, Nodirbekka etib olishdi. 


TePe Sigeman 2026. 2-tur natijalari: 

Yagiz Kaan Erdog'mush (Turkiya) — Arjun Ergaisi (Hindiston) - 0,5:0,5

Nils Grandelius (SHveciya) — Magnus Karlsen (Norvegiya) - 0:1

Nodirbek Abdusattorov (O'zbekiston) — Endi Vudvard (AQSH) - 0,5:0,5

Yorden van Forest (Niderlandiya) — CHju Cziner (Xitoy) - 0,5:0,5

 

Bugun 3-turda Nodirbek Abdusattorov qora donalarda Magnus Karlsenga qarshi bahs olib boradi. Uchinchi tur uchrashuvlari bizning vaqt bilan soat 18:00da boshlanadi. 

Etiborga molik jihati shundaki, TePe Sigeman turnirining so'nggi ikki g'olibi o'zbekistonlik shaxmatchilar hisoblanadi. 2024 yil Nodirbek Abdusattorov, o'tgan yili esa Javohir Sindarov chempionlik shohsupasiga ko'tarilgan edi. 



Manba: olamsport.com

butsanet

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ