logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 05:25
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Новостная лента

Avstraliyadagi UFC turnirining asosiy jangida kutilmagan natija

 2 MAY, 2026, 20:00

Avstraliyaning Pert shahrida UFC Fight Night 275 turniri bo'lib o'tdi.

Oqshomning asosiy jangi yarim o'rta vazn toifasida o'tkazilib, unda divizion reytingida beshinchi o'rinni egallab turgan braziliyalik Karlos Prates sobiq chempioni avstraliyalik Jek Della Maddalenaga qarshi oktagonga chiqdi. 

Jang biroz kutilmagan natija bilan yakuniga etdi. Uchinchi raundda Prates nomdor mezbon raqibni o'z vatandoshlari ko'z o'ngida texnik nokautga uchratdi. Bu Jek uchun ketma-ket qabul qilib olgan ikkinchi mag'lubiyat bo'ldi. Karlos esa aksincha, g'alabali seriyasini uchta jangga etkazib oldi. 

Malumot uchun, 29 yoshli Jek Maddalena professional MMAdagi faoliyati davomida 18 g'alaba (14 tasi muddatidan oldin) 4 ta mag'lubiyat qayd etgan. Della Maddalenaning debyuti 2016 yilning mart oyida bo'lib o'tgan. 32 yoshli Karlos 2012 yilda o'z debyutini nishonlagan. Uning MMAdagi rekordi 24 g'alaba (22 tasi muddatidan avval) va 7 ta mag'lubiyatdan iborat.



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ