Dushanbe Grand Slam 2026. Bugun 8 dzyudochimiz medallar uchun kurashga kirishadi
2 MAY, 2026, 12:00
Birozdan so'ng Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida dzyudo bo'yicha "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi nufuzli musobaqaning ikkinchi kungi bellashuvlari start oladi.Bugun o'rta vazn toifalarida Dushanbe Grand Slam 2026 turniri medallari uchun kurash kechadi. Erkaklar o'rtasida -73, -81, ayollarda esa -63, -70 kg vazn toifalarida g'olib va sovrindorlar aniqlanadi.
Saralash bahslari soat 12:00, final bloki esa 17:00da boshlanadi. Birinchi kungi bellashuvlardan so'ng 1 ta kumush medal bilan umumjamoa hisobida 5-o'rinni egallab turibmiz.
Bugun tatamiga chiqadigan dzyudochilarimiz uchun qura natijalari:
-63 kg: Farangiz Rejepova — Kim Eji (Koreya Respublikasi)
-63 kg: Sevinch Isoqova — Luna-Lumiya Seykkula (Finlyandiya)
-70 kg: Gulina Oblokulova — Sara Meglau (Germaniya)
-70 kg: Farangiz Hojieva — Iren Pedrotti (Italiya)
Erkaklar
-73 kg: Inoyat Telmanov —Samuel Gassner (Avstriya)
-73 kg: Hojiakbar Toshev —Yiriskeldi Jumabekov (Qirg'iz Respublikasi)
-81 kg: To'lqin Ochilov — Abubakr Boqiev (Tojikiston)
-81 kg: Bobur Yangiboev —Akroman Parchiev (Rossiya)

Manba: olamsport.com
