logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 05:24
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Новостная лента

Istanbul Junior European Cup turniri start arafasida

 2 MAY, 2026, 10:32

Bugun O'zbekiston yoshlar terma jamoasi Turkiyaning Istanbul shahri mezbonlik qilayotgan Istanbul Junior European Cup turniridagi ishtirokini boshlaydi.

Musobaqada 3 qitaning 27 davlatidan kelgan jami 502 nafar dzyudochi ishtirok etadi. Ular orasida O'zbekiston yoshlar terma jamoasi ham bor. Bugun o'g'il bolalar o'rtasida -60, -66, -73 kg, qizlarda esa -63, -70, -78, +78 kg vazn toifalarida bellashuvlar tashkil etiladi. Saralash bahslari bizning vaqt bilan soat 10:30da boshlanadi.  


Bugun tatamiga chiqadigan dzyudochilarimiz:

-60 kg: Zafar Mubinov — Luka Tcakadoya (Niderlandiya)

-60 kg: Arapboy Daurbaev — Yussef Bukaya (Marokash)/Osei Fujimoto (Yaponiya) 

-60 kg: Xushnud Sultonov — Julius Kitagava (Germaniya)

-66 kg: Arturbek Ibodullaev — Nihad Mamishov (Ozarbayjon)

-73 kg: Javlonbek Qo'ldoshboev — Nursultan Iskakov (Qozog'iston) 

-73 kg: Muxriddin Marufov — Leso Samsiani (Gruziya)/Toan Bandeyra (Franciya)

-73 kg: Javohir Yusupov — Beka Dongvani (Gruziya)


QIZLAR

-63 kg: Gulbahor Imomnazarova — Aleksandra SHestopalova (Rossiya)

-70 kg: Nigina Saparboeva — Nisanur Suren (Turkiya)

-78 kg: Elnora Salimova — Yasmin Van Vonderen (Niderlandiya)

+78 kg: Zarina Bobonazarova — Roksana Viza (Ruminiya)






Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ