Rasman: "Manchester Yunayted" yarim himoyachisi bilan yangi shartnoma tuzdi
1 MAY, 2026, 17:48
MYU yarim himoyachisi Kobbi Maynu tasirchan o'yin ko'rsatdi va "qizil iblislar" uchun muhim shaxsga aylandi.Klubning rasmiy tasdig'iga ko'ra, Maynu yangi bitimga imzo chekkan va u 2031 yilning yozigacha mo'ljallangan.
comhttps://backend.championat. ... 7.jpg alt="2.jpg" width="100%" align="center" class="fr-fic fr-dii">
"Manchester Yunayted" har doim mening uyim bo'lib kelgan: bu maxsus klub oilam uchun ko'p narsani anglatadi. Men klubimizning shahrimizga tasirini ko'rib ulg'ayganman va bu futbolkani kiyish bilan bog'liq masuliyatni to'liq his etaman", – dedi futbolchi.
Bu mavsumda ingliz yarim himoyachisi barcha musobaqalarda 26 o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 2 ta golli pas uzatdi.
Eslatib o'tamiz, Maykl Kerrikning jamoasi 34 o'yindan so'ng (61 ochko) APLda 3-o'rinda bormoqda. "Qizil iblislar" 3 may kuni muhim o'yinda "Liverpul"ga qarshi o'ynaydi.
Manba: olamsport.com
