logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 05:51
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Новостная лента

TePe Sigeman 2026 turniri boshlanyapti. Unda Abdusattorov va Magnus Karlsen ham ishtirok etadi

 1 MAY, 2026, 15:32

Bugun SHveciyaning Malmyo shahrida shaxmat bo'yicha nufuzli TePe Sigeman 2026 turniri start oladi.

Musobaqada sakkiz nafar grossmeyster bosh sovrin uchun bahs olib boradi. Ular orasida Nodirbek Abdusattorov hamda jahon reytingi etakchisi norvegiyalik Magnus Karlsen ham bor. Kecha musobaqaga qura tashlash marosimi bo'lib o'tdi. Bizning vaqt bilan soat 18:00da boshlanadigan 1-tur uchrashuvida Abdusattorov qora donalarda turnirning yagona ayol ishtirokchisi, xitoylik grossmeyster CHju Czinerga qarshi bahs olib boradi. 

Etiborga molik jihati shundaki, TePe Sigeman turnirining so'nggi ikki g'olibi o'zbekistonlik shaxmatchilar hisoblanadi. 2024 yil Nodirbek Abdusattorov, o'tgan yili esa Javohir Sindarov chempionlik shohsupasiga ko'tarilgan edi. 

Qura natijasiga ko'ra, Nodirbek Abdusattorov va Magnus Karlsen o'rtasidagi bahs 3 may kuni 3-turga to'g'ri kelmoqda.


TePe Sigeman 2026. 1-tur juftliklari: 

Yorden van Forest (Niderlandiya) — Yagiz Kaan Erdog'mush (Turkiya)

CHju Cziner (Xitoy) — Nodirbek Abdusattorov (O'zbekiston)

Endi Vudvard (AQSH) — Nils Grandelius (SHveciya)

Magnus Karlsen (Norvegiya) — Arjun Ergaisi (Hindiston)












Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ