logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:56
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Новостная лента

Evropa ligasi. «Braga» qo'shimcha daqiqalarda gol urib, «Frayburg»ni mag'lub etdi (videosharh)

 1 MAY, 2026, 06:34

Evropa ligasi-2025/2026 mavsumi yarim final bosqichi ilk uchrashuvida Portugaliyaning «Braga» va Germaniyaning «Frayburg» jamoalari o'zaro bahs olib bordi. Uchrashuv «Munisipal-di-Braga» stadionida bo'lib o'tdi. O'yin 2:1 hisobida mezbonlar g'alabasi bilan yakunlandi.

Uchrashuvning 8-daqiqasida himoyachi Demir Tiknaz «Braga»ni oldinga olib chiqdi. 16-daqiqada mehmonlar yarim himoyachisi Vinchentso Grifo hisobni tenglashtirdi. 45+2-daqiqada portugaliyaliklar hujumchisi Rodrigo Salasar penaltini amalga oshira olmadi. Uchrashuv taqdiri esa 90+2-daqiqada hal bo'ldi — Mario Dorjeles «Braga»ga g'alaba keltirgan golni kiritdi.

Javob uchrashuvi 7 may kuni Frayburg shahridagi «Evropa-Park» stadionida bo'lib o'tadi.

Evropa ligasi, yarim final
2026 yil 30 aprel, Braga (Portugaliya), «Munisipal-di-Braga»
Braga — Frayburg — 2:1
Gollar: Tiknaz, 8; Dorjeles, 90+2 — Grifo, 16

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ