logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 10:50
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Konferentsiyalar ligasi. «Kristal Pelas» yarim finalida «Shaxtyor»ni mag'lub etdi (videosharh)

 1 MAY, 2026, 06:00

Konferentsiyalar ligasi-2025/2026 mavsumi yarim final bosqichi ilk uchrashuvida Ukrainaning «Shaxtyor» va Angliyaning «Kristal Pelas» jamoalari o'zaro bahs olib bordi. Uchrashuv Krakov shahridagi «Meyski imeni Xenrika Reymana» stadionida bo'lib o'tdi. O'yin 3:1 hisobida ingliz jamoasi g'alabasi bilan yakunlandi.

Uchrashuvdagi hisobni 1-daqiqada Ismaila Sarr ochdi. Ikkinchi bo'lim boshida, 47-daqiqada Oleg Ocheretko hisobni tenglashtirdi. 58-daqiqada Daiti Kamada «Kristal Pelas»ni yana oldinga olib chiqdi. 84-daqiqada Yyorgen Strann Larsen mehmonlarning uchinchi golini kiritdi.

Javob uchrashuvi 7 may kuni Londondagi «Selxerst Park» stadionida bo'lib o'tadi.

Konferentsiyalar ligasi, yarim final
2026 yil 30 aprel, Krakov (Polsha), «Meyski imeni Xenrika Reymana»
Shaxtyor — Kristal Pelas — 1:3
Gollar: Ocheretko, 47 — Sarr, 1; Kamada, 58; Strann Larsen, 84

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ