logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 10:50
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Konferentsiyalar ligasi. «Rayo Valekano» yarim finalida «Strasburg»ni kichik hisobda mag'lub etdi (videosharh)

 1 MAY, 2026, 06:00

Konferentsiyalar ligasi-2025/2026 mavsumi yarim final bosqichi ilk uchrashuvida Ispaniyaning «Rayo Valekano» va Frantsiyaning «Strasburg» jamoalari o'zaro bahs olib bordi. Uchrashuv Madrid shahridagi «Valekas» stadionida bo'lib o'tdi. O'yin 1:0 hisobida mezbonlar g'alabasi bilan yakunlandi.

Uchrashuvdagi yagona gol 54-daqiqada kiritildi. Isi Palasonning uzatmasidan so'ng hujumchi Aleshandre Juravski aniq zarba yo'llab, jamoasiga g'alaba keltirdi.

Javob uchrashuvi 7 may kuni Frantsiyada bo'lib o'tadi. Ushbu juftlik g'olibi finalda «Shaxtyor» — «Kristal Pelas» qarama-qarshiligida g'olib chiqqan jamoa bilan to'qnash keladi.

Konferentsiyalar ligasi, yarim final
2026 yil 30 aprel, Madrid (Ispaniya), «Valekas»
Rayo Valekano — Strasburg — 1:0
Gol: Juravski, 54

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ