Berlin Millennium Team Cadet European Cup turnirida birinchi bo'lgan qahramonlarimiz munosib kutib olindi
30 APREL, 2026, 11:16
Germaniyaning Berlin shahri mezbonlik qilgan o'smirlar o'rtasidagi nufuzli xalqaro turnirda muvaffaqiyatli ishtirok etgan O'zbekiston kadetlar terma jamoasi Vatanga qaytdi.Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida muzaffar dzyudochilarimiz tantanali ravishda kutib olindi. Aurelian-CHiprian Flis bosh murabbiyligidagi O'zbekiston terma jamoasi ananaviy tarzda o'tkazib kelinayotgan Berlin Millennium Team Cadet European Cup turnirida 4 ta oltin, 2 ta kumush, 5 ta bronza medali bilan 35 davlat orasida umumjamoa hisobida 1-o'rinni band etgandi.
Berlin Millennium Team Cadet European Cup 2026 g'olib va sovrindorlarimiz:
Oltin medallar
-48 kg: CHaros Hikmatova
-57 kg: Zuhra Alimova
-60 kg: Abubakr Sattorov
-81 kg: Samandar Sunnatov
Kumush medallar
-50 kg: Mamurjon Abduvahobov
-60 kg: Davlatbek Ahrorov
Bronza medallar
-40 kg: Iroda Sirojiddinova
-44 kg: Dilafruz Boltaboeva
-55 kg: Bobur Yusupov
-66 kg: Akromjon Karimov
-73 kg: Behruzbek Usmonov
Endi kadetlarimiz qisqa muddatli tanaffusdan so'ng yilning asosiy musobaqalari - Jahon va Osiyo chempionatlariga tayyorgarlikni boshlashadi.











Manba: olamsport.com
